O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-sonli Farmoni 5-bandiga asosan 2021-yil 1-iyundan boshlab soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab STIR berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish bekor qilindi.