“Soliq-servis” davlat unitar korxonasining (keyingi oʼrinlarda DUK) asosiy vazifasi soliq toʼlovchilarga ularning soliq majburiyatlarini bajarilishida xizmat koʼrsatishdan iborat.
Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududlarida “Soliq-servis” DUKning soliq toʼlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan koʼmaklashish, shuningdek, hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish boʼyicha soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam berish yoʼnalishida hududiy markazlari tashkil etilgan.
“Soliq-servis” DUK strukturasi markaziy apparatdan, 14 ta viloyat markazlaridan hamda 205 ta hududiy boʼlinmalardan tashkil topgan.
1. «Soliq-servis»
DUK faoliyatining asosiy maqsadi o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari va uning hududiy
bo‘limlari faoliyatini amalga oshirishida soliq to‘lovchilarga soliq
majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko‘maklashish, shuningdek,
hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish bo‘yicha soliq to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam
berishdir.
2. Quyidagilar Korxonaning asosiy vazifalari va faoliyat
yo‘nalishlari hisoblanadi:
soliq
to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko‘maklashish;
soliq
to‘lovchilardan moliyaviy hamda soliq hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul
qilish bo‘yicha ularga va davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam
berish;
davlat soliq
xizmati organlarining avtomatlashtiriggan axborot tizimini texnik, dasturiy va
axborot ta’minstini boshqarish;
davlat soliq
xizmati organlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan hujjatlarni qog‘oz va
elektron shaklda markazlashgan holda arxivda saqlashni tashkil qilish;
«ca11-markaz»
maxsus servisi orqali soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
soliq to‘lovchilarni
elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritish qoidalari bo‘yicha o‘qitish, ularga
soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yetkazish;
axborotni
himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;
davlat soliq
xizmati organlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishda ishtirok etish;
veb-sayt
portali orqali soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;
soliq
to‘lovchilarga soliq qonunchiligi yuzasidan axborot-maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish;
korxona
tomonidan soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini
oshirish maqsadida, faoliyatining ayrim jarayonlarini autsorsing shartnomalari
asosida boshqa korxonalarga taqdim etish;
dasturiy
mahsullar (mobil ilovalar)ning uzluksiz ishlashini ta’minlash, ularning
imkoniyatlarini kengaytirish hamda muntazam takomillashtirib borish;
jismoniy
shaxslar tomonidan soliq va boshqa to’lovlarni tezkor va qulay amalga
oshirishda ko’maklashish;
jismoniy
shaxslar tomonidan xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) cheklarini
ro’yxatdan o’tkazish, tahlil va nazorat qilish hamda “keshbek” to’lovlarini
qaytarilishini ta’minlash.
3. Korxona
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning
boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
Xizmat turlari |
Soni
|
I. Interaktiv xizmatlar |
53 578 |
1.Oʼzini-oʼzi band qilgan jismoniy shaxslarga maʼlumotnoma berish |
24 997 |
2.Yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma xodimlarini hisobga olish va ularga guvohnoma berish |
829 |
3.Jismoniy shaxslarga hisoblangan sugʼurta badali boʼyicha maʼlumotnoma berish |
510 |
4.Soliq toʼlovchilarga matritsali shtrix kod maʼlumotnoma shakllantirib berishga koʼmaklashish |
416 |
5.Jismoniy shaxslarga mol-mulkini ijaraga berish shartnomasini tayyorlab berish |
8 043 |
6.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mol-mulkini ijaraga berish shartnomasini tayyorlab berish |
2 056 |
7.Jismoniy shaxslarga mol-mulkini ijaraga berish shartnomasini bekor qilishga koʼmaklashish |
3 356 |
8.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mol-mulkini ijaraga berish shartnomasini bekor qilishga koʼmaklashish |
1 387 |
9.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraq-fakturalarini tayyorlash va yuborishga koʼmaklashish |
2 492 |
10.Yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzo olishga koʼmaklashish |
4 344 |
11.Onlayn nazorat kassa mashinasini roʼyxatdan oʼtkazishga (chiqarish) koʼmaklashish |
478 |
12.Virtual kassa dasturiy mahsuli boʼyicha texnik xizmat koʼrsatish |
4 670 |
II. Kompyuter xizmatlari va texnik yordam |
43 852 |
1.Hujjatdan nusxa olish (kserokopiya) |
0
|
2.Elektron hujjatni chop etish |
0
|
3.Hujjatni skaner qilib berish |
0
|
4.Matnni elektron terib berish |
0
|
III. Axborot xizmati |
135 793 |
1.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq qarzi to'g'risida ma'lumotnoma berish |
4 685 |
2.Jismoniy shaxslarga soliq qarzi to'g'risida ma'lumotnoma berish |
57 909 |
3.Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga solishtirma dalolatnoma (актсверка) chop etib berish |
2 694 |
4. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (lisenziya, ruxsatnoma yoki xabarnoma) olish uchun arizasini yuborishga ko'maklashish |
779 |
5. Og'zaki maslahat |
69 726 |
IV.Elektron soliq hisobotlarini tayyorlash va yuborish |
52 110 |
1.Yuridik shaxslar |
8 051 |
2.Yakka tartibdagi tadbirkorlar |
5 927 |
3.Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to`g`risidagi deklaratsiyani tuzish va soliq organlariga yuborish |
38 132 |
V.Yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaatlariga (yozma) tushuntirishlar berish |
0
|
VI. Boshqa xizmatlar |
13 332 |
Jami koʼrsatilgan xizmatlar |
298 665 |
“CALL-MАRKАZ”ga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali quyidagi imkoniyatlarga erishildi:
Soliq toʼlovchilardan kelib tushgan murojaatlarning hududlar boʼyicha statistikasi
Soliq toʼlovchilardan kelib tushgan murojaatlarning mazmuni boʼyicha statistikasi
Kelib tushgan murojaatlarning soliq toʼlovchilar toifalari boʼyicha statistikasi
Manzil: | Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy koʼchasi, 166 |
Telefon: | (71) 202-32-82 |
Faks: | - |
Veb-sayt: | soliqservis.uz |
E-mail: | servis@soliq.uz |
Rahbar
Pardayev Sherzod Sharobidinovich |
Fuqarolarni qabul qilish kunlari Har kuni soat 9-00 dan 18-00 gacha |