Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari
Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan roʼyxat boʼyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar boʼyicha imtiyozlarni qoʼllashning oʼziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari boʼlgan jismoniy shaxslar, Oʼzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʼrsatilgan yuridik shaxslarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer soligʼi, mol-mulk soligʼi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʼlashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
Soliq kodeksi 471-modda
Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan soliq imtiyozlarini qoʼllash tartibi
Soliq kodeksining 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda qoʼllaniladi:
1) yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;
2) chet ellik investorlar tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari Oʼzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
3) yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, aktsiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz boʼlganda;
4) chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
5) Soliq kodeksining 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi natijasida ularning qoʼllanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yoʼnaltirilganda.
Soliq kodeksining 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat oʼtganidan keyin bir yil oʼtmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini oʼz mamlakatiga oʼtkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat berilgan soliq imtiyozlari summalarining oʼrni byudjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.
Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, Soliq kodeksining 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq boʼlmagan davr uchun soliqlar Soliq kodeksining VIII boʼlimida nazarda tutilgan penyalar qoʼllanilgan holda, umumbelgilangan tartibda toʼlanadi.
Soliq kodeksi 472-modda
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Maxsus
iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan
investitsiyalar hajmiga qarab:
3
million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi
investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5
million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi
investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15
million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil
muddatga ozod etiladi.
Ushbu
moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan soliq
imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi
oʻrtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish
toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining
faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa soliqlar boʻyicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qoʼllash tartibi
faqat investor Ushbu Kodeks 473-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi.
Ushbu Kodeks
473-moddasining ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati
maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) obyekti
foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran hisoblanadi.
Maxsus iqtisodiy
zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus
iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa
preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan
oyning birinchi kunidan eʼtiboran foydalanishga haqli emas.
Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga boʻlgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Soliq kodeksi 473-modda
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma boʼlib, bu shartnomaga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʼrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi.
Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi:
hisob yuritish va hisobot berish tartibi;
soliq solish va boshqa toʼlovlarni toʼlash shartlari;
chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi.
Soliq kodeksi 475-modda
Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʼziga xos xususiyatlari
Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida Soliq kodeksining 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni toʼlaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʼyicha undiriladi.
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi oʼziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
1) foyda soligʼi mahsulot taqsimotiga oid bitim boʼyicha ishlarni bajarish chogʼida olingan daromad boʼyicha va faoliyatning boshqa turlari boʼyicha olingan daromad boʼyicha alohida-alohida toʼlanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli boʼlgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim boʼyicha ishlarni bajarish chogʼida olingan daromadlar boʼyicha foyda soligʼi solish obʼektidir;
2) mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida toʼlanadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.
Аgar yuridik shaxs maqomiga ega boʼlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan boʼlsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim boʼyicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi boʼladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi boʼlib ish yuritadigan ishtirokchi toʼgʼrisida xabardor etishi shart.
Soliq kodeksi 476-modda
Аdvokatlarga soliq solish
Аdvokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam koʼrsatish bilan bogʼliq qismi boʼyicha soliqlar va yigʼimlar toʼlashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:
bojxona toʼlovlari;
ijtimoiy soliq;
toʼlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.
Аdvokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlmagan) soliqlar va yigʼimlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda toʼlanadi.
Soliq kodeksi 477-modda
Аdvokatlar daromadlariga soliq solish
Аdvokatlar tomonidan yuridik yordam koʼrsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning XIII boʼlimida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi solinadi.
Аdvokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi solish obyektidir.
Аdvokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam koʼrsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hayʼatlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun oʼtkaziladigan mablagʼlar summasi oʼrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Soliq kodeksi 478-modda
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslarga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan oʼziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliqlarni toʼlovchilar hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar mehnatga haq toʼlash tarzida olinadigan daromadlar boʼyicha belgilangan stavkalar boʼyicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi toʼlaydi.
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq toʼlash boʼyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda toʼlash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar koʼrsatish boʼyicha qoʼshilgan qiymat soligʼini toʼlashdan ozod etiladi.
Soliq kodeksi 479-modda
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar foyda soligʼini Soliq kodeksida belgilangan stavka boʼyicha toʼlaydi. Bunda foyda soligʼini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va toʼlash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Foyda soligʼini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi Soliq kodeksining 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb eʼtirof etiladi.
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bogʼliq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Foyda soligʼi toʼlanganidan keyin xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
Soliq kodeksi 480-modda