Soliq to'lovchilar
1) O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʼlgan yuridik shaxslar ;
2) O'zbekiston Respublikasining norezidentlari boʼlgan yuridik shaxslar, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
3) O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʼzbekiston Respublikasi norezidentlari boʼlgan yuridik shaxslar
(Soliq kodeksining 294-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) Yuridik shaxs uchun – jami daromad va xarajatlar oʼrtasidagi farq;
2) Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan, O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar)
va xarajatlar oʼrtasidagi farq;
(Soliq kodeksining 295-moddasi)
Soliq solish bazasi
Daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar oʼrtasidagi farq sifatida .
(Soliq kodeksining 296-moddasi)
Soliq imtiyozlari
Quyidagilarning mulkida boʼlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
1) «O'zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʼlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
3) sobiq SSSRni, Oʼzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʼida yaralanganligi, kontuziya boʼlganligi yoki mayib boʼlganligi oqibatida yoxud frontda boʼlish bilan bogʼliq kasallik tufayli halok boʼlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʼliq uzib qoʼyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʼrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʼlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
1) o'n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining.
2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar.
Soliq stavkalari
1) yuridik shaxslar 15%,
2) tijorat banklari 20%
3) sement va polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi hamda mobilь aloqa xizmatlari 20%
4) bozor va savdo komplekslarida xizmat koʼrsatishdan olingan foyda 20%
5) tovarlarning elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat subʼektlarining milliy reestriga kiritilgan soliq toʼlovchilar 7,5%
6) dividendlar tarzidagi daromadlar 5%
(Soliq kodeksining 337-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yilning choragi hisobot davridir.
(Soliq kodeksining 338-moddasi)
Yilning har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;
Soliq davri yakunlari bo'yicha – soliq davri oʼtgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 339-moddasi)
To'lov muddati
1) hisobot davri yakunlari boʼyicha – hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari boʼyicha – soliq davri oʼtgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay;
3) hisobot davri yakunlari boʼyicha jami daromadi besh milliard soʼmdan oshadigan soliq toʼlovchilar har oylik boʼnak toʼlovlarini oyning 23 kunidan kechiktirmay;
(Soliq kodeksining 340-moddasi)
Soliq to'lovchilar
Oʼzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Soliq solish obyektlari
1) realizatsiya qilish joyi O'zbekiston Respublikasi boʼlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʼyicha aylanma;
2) O'zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
(Soliq kodeksining 238-moddasi)
Soliq bazasi
Аktsiz soligʼini (aksiz toʼlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʼllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
(Soliq kodeksining 248-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Bazaviy stavka - 15% (Soliq kodeksining 258-moddasi); .
2) Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar boʼyicha aylanmalar nolь darajali stavka boʼyicha soliq solinadi (Soliq kodeksining 36-bobi).
Soliq davri
Soliq (hisobot) davri - bir oy.
Elektron shakldagi elektron xizmatlar koʼrsatuvchi chet el yuridik shaxslari uchun soliq davri - bir chorak.
(Soliq kodeksining 259-moddalari)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yilning har oyida, soliq davridan keyingi oyning
20-kunidan kechiktirmay,
(Soliq kodeksining 273-moddalari)
To'lov muddati
Har oyda keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
Soliq to'lovchilar
Аksiz solig'i solinadigan tovarlarni (aksiz toʼlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar, aksiz soligʼi solinadigan (aksiz toʼlanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini koʼrsatuvchilar, benzin, dizel yoqilgʼisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar
(Soliq kodeksining 283-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) aksiz soligʼi solinadigan tovarni sotish; .
2) aksiz toʼlanadigan tovarlarni Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish;
3) aksiz toʼlanadigan xizmatlar koʼrsatish.
(Soliq kodeksining 284-moddasi)
Soliq bazasi
1) aksiz toʼlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi;
2) mobil aloqa xizmatlari koʼrsatuvchi yuridik shaxslar aksiz toʼlangan holda koʼrsatilgan xizmatlarning qiymati.
(Soliq kodeksining 285-moddasi)
Soliq stavkasi
Аksiz toʼlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) boʼyicha soliq stavkalari Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
(Soliq kodeksining 289-moddasi)
Soliq davri
Hisobot davri bir oy
(Soliq kodeksining 291-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 292-moddasi)
To'lov muddati
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 293-moddasi)
Soliq to'lovchilar
Yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilar. .
(Soliq kodeksining 449-moddasi)
Soliq solish obyektlari
Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solish obʼektidir.
Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solish obʼektidir.
(Soliq kodeksining 450-moddasi)
Soliq bazasi
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali komponentlarga nisbati soliq solinadigan bazadir
(Soliq kodeksining 451-moddasi)
Soliq stavkasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tovarlarning har biriga alohida soliq stavkalari belgilanadi.
(Soliq kodeksining 452-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Quyidagilar hisobot davridir:
yuridik shaxslar uchun – bir oy;
(Soliq kodeksining 453-moddalari)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yuridik shaxslar tomonidan – ortib boruvchi yakun bilan har oyda, noruda foydali qazilmalar boʼyicha qazib olish amalga oshiriladigan joydagi soliq organlariga hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʼyicha esa – yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
(Soliq kodeksining 454-moddasi)
To'lov muddati
Yuridik shaxslar tomonidan – har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʼyicha esa – yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay;
(Soliq kodeksining 454-moddasi)
Soliq to'lovchilar
Oʼzbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv isteʼmolini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
Soliq solish obyektlari
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari .
(Soliq kodeksining 442-moddasi)
Soliq bazasi
Foydalanilgan suvning hajmi Soliq bazasidir.
(Soliq kodeksining 443-moddasi)
Soliq stavkasi
Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan 1 kub metr suv uchun quyidagicha:
1) Iqtisodiyotni barcha sohasidagi korxonalar uchun
(yer usti uchun 140 so'm, yer osti uchun 170 so'm)
2) Sanoat korxonalari uchun
(yer usti 410 so'm, yer osti 490 so'm)
3) Аvtotransport vositalarini yuvish uchun
(yer usti 1 380 so'm, yer osti 1 730 soʼm)
4) Elektr stantsiyalari uchun
(yer usti 35 so'm, yer osti 60 so'm)
5) Kommunal xizmat koʼrsatish uchun
(yer usti 70 so'm, yer osti 90 so'm)
6) Аlkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi uchun
(yer usti va osti suvi uchun 21900 so'm)
(Soliq kodeksining 445-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri
(Soliq kodeksining 446-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
To'lov muddati
Soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobardan yuqori korxonalar har oyning 20-sanasidan kechiktirmay, Soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobardan kamroqni tashkil etadiganlar har choragi uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay
(Soliq kodeksining 448-moddasi)
Soliq to'lovchilar
Oʼzbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega boʼlgan yuridik shaxslar
Soliq solish obyektlari
1) ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazuvchi organlarda roʼyxatdan oʼtkazilishi lozim boʼlgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan obʼektlar;
3) temir yo'llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun koʼrsatilgan turar joy ko'chmas mulk obʼektlari, koʼchmas mulk obʼekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o'tgach.
(Soliq kodeksining 411-moddasi)
Soliq bazasi
1) bino va inshootlar;
2) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansda keyinchalik sotish uchun koʼrsatilgan, foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʼtgan koʼchmas mulk obʼektlari;
3) To'liq amortizatsiya qilingan binoning qayta baholangan (bozor) qiymati;
4) Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obʼektining oʼrtacha yillik qiymati;
5) Temir yoʼllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlarning oʼrtacha yillik qoldiq qiymati;
6) Konservatsiya qilinishi toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʼchmas mulk va tugallanmagan qurilish obʼektlarining oʼrtacha yillik qoldiq qiymati.
(Soliq kodeksining 412-moddasi)
Soliq stavkasi
1) bazaviy stavka 2%;
2) qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obʼektlarga nisbatan Soliq stavkasi 4 foiz miqdorida;
3) Temir yoʼllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlar hamda konservatsiya qilingan koʼchmas mulk va tugallanmagan qurilish obʼektlariga 0,2 foiz miqdorda belgilanadi.
(Soliq kodeksining 415-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 416-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Joriy toʼlovlar boʼyicha maʼlumotnoma
Joriy toʼlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil etilganlar esa, roʼyxatdan oʼtgan sanadan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Hisob-kitoblar
Yil yakuni buyicha bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, keyingi yilning 15 fevralь kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
To'lov muddati
Har oyning 10-kunidan kechiktirmay, uar choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Soliq to'lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʼlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasining norezidentlari yer soligʼini toʼlovchilar.
(Soliq kodeksining 425-moddasi)
Soliq solish obyektlari
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda boʼlgan yer uchastkalar.
(Soliq kodeksining 426-moddasi)
Soliq bazasi
Yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni.
(Soliq kodeksining 427-moddasi)
Soliq stavkasi
Yer maydoni xususiyatidan kelib chiqqan holda 1 gektar uchun belgilangan soliq summasi.
Кonlar va karerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanishi hamda lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Qishloq xoʼjaligi uchun moʼljallangan yerlar uchun esa – 1 gektar uchun soliq stavkalari normativ qiymatga nisbatan 0,95 foiz miqdorda.
(Soliq kodeksining 429-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 430-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Hisobot yilining 10 yanvariga qadar.
(Soliq kodeksining 431-moddasi)
To'lov muddati
1) kichik korxonalar toʼrtdan bir qismi miqdorida har chorak birinchi oyining
10-sanasigacha.
2) boshqalar oʼn ikkidan bir qismi miqdorida,
har oyning 10-sanasigacha
3) Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlar uchun hisobot yilining 1 sentyabriga qadar – yillik
soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi.
(Soliq kodeksining 432-moddasi)
Soliq to'lovchilar
Oʼzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Soliq solish obyektlari
Ish haqi toʼlashga doir xarajatlari
(Soliq kodeksining 403-moddasi)
Soliq bazasi
Toʼlanadigan xarajatlar summasi.
(Soliq kodeksining 404-moddasi)
Солиқ ставкаси
1) byudjet tashkilotlari 25%; ,
2) boshqa toʼlovchilar uchun 12%
(Soliq kodeksining 405-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
Yil oyi hisobot davri.
(Soliq kodeksining 406-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʼyicha yillik moliyaviy hisoboti 25 mart kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 407-moddasi)
To’lov muddati
Yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay
(Soliq kodeksining 310-moddasi)
Soliq to’lovchilar
Soliq solish obyektlari
Ҳисобод давридаги жами даромад .
(Солиқ кодексининг 463-моддаси)
Soliq bazasi
Ҳисоблаб чиқарилган жами даромад
(Солиқ кодексининг 464-моддаси)
Soliq stavkasi
Umumiy Soliq stavkasi 4%
Faoliyat turlaridan kelib chiqib belgilanadi
(Soliq kodeksining 467-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri
Yil choragi hisobot davri
(Soliq kodeksining 469-moddalari)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yilning har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning
15-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʼyicha
15 fevral kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 470-moddasi)
To‘lov muddati
Yilning har chorakda, hisobot davridan keyingi
oyning 15-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari
boʼyicha 15 fevral kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 470-moddasi)