Soliq qoʻmitasi tomonidan tizimli ravishda soliq xizmati tuzilmalarida byudjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan amaliy nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, qoʻmitaning Ichki audit boshqarmasi tomonidan 2024-yilning I choragida 12 ta soliq organi tuzilmalarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan 1 773,3 mln soʻm moliyaviy xato va kamchiliklardan 1 072,8 mln soʻmi toʻliq bartaraf etildi. Qolgan 700,5 mln soʻmi boʻyicha belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi nazoratga olindi.
Ushbu kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish va intizomiy jazo choralari qoʻllanishi qatorida, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Mazkur kamchiliklarning oʻz vaqtida oldini olish maqsadida masofaviy nazoratni raqamlashtirish hamda xodimlarning kasbiy malakasini oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Ichki audit boshqarmasi