Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun g‘oyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimini barcha idoralarda joriy qilish topshirig‘ini berdi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 4 mingta bo‘sh lavozimga tanlov o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Ushbu tizim tajriba tariqasida Samarqand viloyati va Davlat soliq qo‘mitasida sinovdan o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimi va DSQ raisi yangi tizim orqali qanday natijalarga erishgani haqida axborot berdi.
Ularning hisobotini tinglab, davlatimiz rahbari yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimini barcha idoralarda joriy qilish topshirig‘ini berdi.
Buning uchun, ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga to‘liq kiritib, uni Tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi.