O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovichni jamoaga tanishtirdi.
Jamshid Qo‘chqorov Sirojiddin Eshmatovga yangi lavozimda omad va muvaffaqiyat tilab, soliq maʼmurchiligini takomillashtirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, u tanishtiruv marosimida 2021-yilda iqtisodiy sohada ko‘plab yutuqlarga erishilgani va bu yutuqlarda Davlat soliq qo‘mitasining alohida hissasi borligini eʼtirof etdi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda omad va zafarlar tiladi.
Sirojiddin Eshmatov sharafli va masʼuliyatli lavozimga munosib ko‘rilgani uchun minnatdorlik bildirib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishda bor bilim va tajribalarini ishga solishini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun. Sirojiddin Eshmatov 1971-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1999-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida xalqaro munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha tahsil olgan.
S.Eshmatov soliq organlaridagi faoliyatini 1992-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasi Aholidan olinadigan soliq bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimidan boshlagan.
Sirojiddin Eshmatov bungacha Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich soliq xizmatining I darajali maslahatchisi