Elektron tijorat maxsus platformalar — marketpleyslar orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ular soliq organlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritilgan boʻlishi kerak. O‘zbekistonda 174 ta marketpleys roʻyxatga olingan.
Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi:
▫️AOS bo'yicha - 2%;
▫️foyda solig'i bo'yicha - 7,5%.
Onlayn xaridlar uchun fiskal chek elektron shaklda beriladi.