O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Adxamjon Tillavoldiyev Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
A.Tillavoldiyev 1965-yilda tug‘ilgan. 1986-yilda Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumini, 1992-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.
U 2018-yildan buyon Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adxamjon Tillavoldiyev Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shukurulloxon Nisbatxonov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.