2023-yil yanvar oyidan boshlab Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)ning (46-kod) hisobot shakli oʻzgarganligi sababli, (https://t.me/soliqnews/10195?single) toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi (186-kod) uchun yangi shaxsiy hisobvaraqasi ochildi.
Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti taqdim etilganda, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi uchun tegishli soliq kodi hamda gʻazna hisobraqami avtomat shakllanadi.
Mazkur soliq turi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, shaxsiy kabinetdan (https://my.soliq.uz/main/) “Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash” bo‘limi so‘ngra “Soliq turlarini yangilash” tugmasi bosiladi.
Agarda soliq toʻlovchi, hisobot taqdim etmasdan, toʻlovlarni amalga oshirmoqchi boʻlsa, mazkur soliq kodini (186-kod) ochish uchun soliq organiga murojaat qilishi lozim (bog‘lanish uchun telefon raqamlari “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” xizmatida mavjud).