Endilikda bitta xarid chekida bir necha turdagi tovar (xizmat)lar nomi ko‘rsatilgan bo‘lsa:
- MXIK to‘g‘ri ko‘rsatilgan tovar (xizmat) qiymatidan 1% keshbek hisoblanadi (avval chekdagi mahsulotlardan birida MXIK xato bo‘lsa ham umumiy xarid summasidan keshbek hisobga olish rad etilar edi);
- MXIK noto‘g‘ri aks ettirilgan yoki umuman ko‘rsatilmagan tovar (xizmat)lar qiymatidan keshbek hisoblanmaydi.
Diqqat! 01.01.2022-yildan shu kunga qadar Soliq mobil ilovasida skaner qilingan shunday cheklardagi tovar (xizmatlar) uchun xarid qiymatidan 1% keshbekka ega bo‘lish uchun mobil ilovani (Android, iOS) yangilash (обновить) kifoya.