Shubhali xaridorlar – keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.
Xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:
Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.
Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?
Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.
Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.
Shubhali xaridorlar reestridan qachon chiqariladi?