Oʻzbekiston norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi.
Qanday hollarda norezident jismoniy shaxslar soliqni qaytarish huquqiga ega?
xalqaro shartnoma qoʻllash huquqiga ega boʻlgan norezident jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlaridan (https://t.me/soliqnews/8783) soliq ushlab qolingan va toʻlanganda;
soliq davrida Oʻzbekiston rezidenti maqomini olgan soliq toʻlovchi ushbu davrda norezident maqomida toʻlagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilish va qaytarib olishga haqli.
Soliq summasi qanday qaytariladi?
Soliq toʻlovchi hisobda turgan joyi boʻyicha soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi lozim.
Deklaratsiya elektron shaklda qanday yuboriladi?
Deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni - 1 aprel.
Agar xorijlik rezident O‘zbekistonni tark etsa...
Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan holda Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, u Oʻzbekiston hududida turgan davrda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani chiqib ketishidan 1 oy avval taqdim etilishi lozim.