“Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra (PQ-5252-son 04.10.2021 y.)
2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirgan xaridi uchun berilgan chekning fiskal belgisini Soliq mobil ilovasida matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.
Avtomobil, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari bundan mustasno.