Joriy yil 17-18-aprel kunlari Qozogʻiston Respublikasi Davlat daromadlari qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari A. Suleymenov boshchiligidagi delegatsiya va Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari J.Abdiyev oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda aloqador davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan barcha maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish (“Big Data”) vositalari, soliq toʻlovchilar bilan qayta aloqa va xabarnoma olish usullari, axborot tizimiga kiruvchi va soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar asosida davlat organlari va tashkilotlari, ikkinchi darajali banklar bilan oʻzaro hamkorlik formati, axborot tizimlarida Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qilish yoʻllari va usullari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Soliq qoʻmitasi vakillari tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiga doir maʼlumotlari bazasi, shu jumladan, biometrik maʼlumotlarning yuritilishi hamda “Avtokameral” dasturiy mahsuloti boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.
Tashrif so‘nggida ikki tomon bir biriga o‘zaro esdalik sovg‘larini taqdim etdi.
Tashrif doirasida Qozogʻiston delegatsiyasi tizimdagi eng dolzarb masalalar yuzasidan tajriba almashish maqsadida Soliq qoʻmitasini Qozogʻiston Respublikasiga taklif etdi.
Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi