– Sanatoriy Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida joylashgan. Soliq kodeksining 428-moddasiga binoan biz yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilganmiz. Biz ham yer solig'i uchun hisoblangan summaning 1%ini to'lashimiz kerakmi?
- 2022-yil 6-avgustdan Soliq kodeksining 483-moddasi, shuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq soliqni to‘lashdan to‘liq ozod etilgan tadbirkorlik subyektlari yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning 1%ini to‘laydi.
Soliq kodeksining 75-moddasi 11-qismi
Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan, sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yer uchastkalari yer solig‘iga tortilmaydi. Shu bois ushbu imtiyoz soliqning bir qismini to‘lash bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emas. Demak bunday yer uchastkasi uchun hisoblangan soliq summasining 1 %ini to'lash talab etilmaydi.