Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qanday hollarda soliq hisobotlarini taqdim etmaganligi uchun soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatiladi?
Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddat tugaganidan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.
Soliq kodeksi 111-modda 3-qism 1-band
Qanday hollarda soliq to'lovchilar soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik hamda to’lov intizomini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi?
Mazkur huquqbuzarlik birinchi marotaba sodir etilganda huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror qancha muddatda yuboriladi?
Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda
*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m
Soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan ishlash boshqarmasi