Soliq hisoboti – soliq to‘lovchilarning va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlardir.
Soliq hisobotlariga quyidagilar kiradi:
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shaklda elektron hujjat tarzida hisobotga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
Yirik soliq to‘lovchilar, joylashgan yeridan qatʼi nazar, soliq hisobotini Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni, hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir.
Soliq majburiyati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, belgilangan asosiy 9 yo‘nalishning biri ham soliq to‘lovchilarga hisobotlarini to‘ldirish va topshirishga ko‘maklashishdir.
Xususan, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida soliq turlari bo‘yicha 28 mingta tadbirkorlik subyektiga hisobotlarini to‘ldirish va topshirishda ko‘maklashildi.
Afsuski, olib borilayotgan choralarga qaramay, ayrim soliq to‘lovchilar tomonidan hisobot topshirmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasiga muvofiq, Soliq solinadigan obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud belgilangan tartibini buzgan holda olib borish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.