2023-yil yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 93 173 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 51 888 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Murojaatlar asosida 36 817 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,5 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 37 699 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 31,2 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
Soliq nazorati departamenti