Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq kodeksi: Soliq maʼmuriyatchligini takomillashitirish va soliq imtiyozlari berilishi bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

18/10/2021

Joriy yilning 14-oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan Soliq kodeksining 99, 100, 101, 243, 312, 378, 483-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kodeksining 17-moddasida ko‘rsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni 11-bobda belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga haqli  (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i hamda soliq agenti sifatida to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno). (Soliq kodeksining 99-moddasi birinchi qismining 1-bandi)

Bundan tashqari, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari yana bir band bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelayotgan hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi (100-moddasi 2-qismi 3/1-band).

 Shuningdek, Qonun bilan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibiga qo‘shimcha kiritildi. Yaʼni, uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelayotgan hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Bunda muddati kechiktirilishi yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi lozim bo‘lgan summa oxirgi uch yil davomida to‘langan soliq summalarining 50 foizidan oshmasligi lozim (101-modda 10-qism).     

Shuningdek, Qonun bilan endilikda  qimmatbaho metallardan ishlangan bank va o‘lchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlari bilan birgalikda  qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, shuningdek, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma ham QQSdan ozod etiladi (243-modda 18-band).

Qonun bilan foyda solig‘ini hisoblashda ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar chegirib tashlash tartibi qayta tahrirlandi. Yaʼni, soliq to‘lovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qatʼi nazar, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin 2 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda chegirib tashlanadi (312-modda 2-qismi).

Yana bir kiritilgan o‘zgartirishga asosan jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining professional tashkilotlarida (oliy va o‘rta-maxsus taʼlim tashkilotlarida) taʼlim olish uchun to‘lov to‘lovlari ham jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilishi belgilab qo‘yildi.

Oldingi tahrirga asosan faqat O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun to‘lov ushbu soliq to‘lovidan ozod etilgan edi (378-modda 16-bandining).

Qonun bilan vaqtinchalik Soliq kodeksi bilan belgilangan vaqtinchalik soliq imtiyozlariga ham ko‘shimchalar kiritildi. Ularga muvofiq, Hunarmand uyushmasining aʼzolariga berilgan soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining aʼzolari bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga nisbatan 2023-yil 1-martga qadar bo‘lgan davr uchun tatbiq etiladi (483-modda 7- qismi).

Shuningdek, Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun jamg‘armasi uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan mamlakatda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunasi, reagentlar va sarflash materiallari 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun QQSdan ozod etiladi (483-modda 8- qismi).

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil I choragida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring