2024-yil 1-aprel holatiga soliq organlarida 370 461 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 267,4 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 86,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 27,7 %ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 103 mingga yaqin ijara shartnomasi asosida 47,8 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 30,8% va hisoblangan soliq summasi 48,4 %ga oshgan.
Talabalar bilan 68,7 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 106 ming nafarni tashkil etdi.
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 20,4 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
Soliq qoʻmitasi Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi