Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani 1-apreldan kechiktirmay taqdim etadi.
Deklaratsiyani my3.soliq.uz saytining “Barcha xizmatlar” bo‘limidagi “Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya” elektron xizmati orqali taqdim etiladi.
O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar 2022-yildagi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya maʼlumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan JShODSni joriy yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydi.
Soliq kodeksi 398-modda 1-qismi
Soliq solinadigan daromad turlaridan biri bu mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad hisoblanadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kunigacha to‘laydi.
Soliq kodeksi 398-modda 3-qismi
To'lov tizimlari va mobil ilovalarda: