Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida (my.soliq.uz) “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limiga “MXIK imtiyoz” axborot xizmati qo‘shildi.
Yuridik shaxslarga qulaylik yaratish uchun sahifadagi jadvalda imtiyoz qo‘llaniladigan realizatsiya qilingan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat) to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan:
"Qidirish" bo‘limidan foydalanib, kerakli davrni (yil, oy) ko‘rsatish mumkin. Hozirgi paytda 2022-yil yanvar oyidan boshlab.
Ma’lumotlar onlayn-NKM va virtual kassa cheklari asosida shakllantiriladi.
“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati