Endilikda turar va noturar joylar realizatsiya qilishda, elektron hisobvaraq-fakturalarda ularning foydalanish maqsadi, qurilishda ishlatilgan xom-ashyo hamda holatidan kelib chiqqan holda alohida MXIK bilan aks ettiriladi.
Jumladan, ko‘p qavatli uylar (kvartiralar) uchun qurilishida ishlatilgan xom-ashyo (beton, monolit, g‘isht), xonalar soni hamda holatidan kelib chiqqan holda alohida MXIKlar joriy qilindi.
Shuningdek, noturar obyektlardan (misol uchun: maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqalar) foydalanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda alohida MXIKlar belgilandi.
👉Ushbu havola orqali to‘liq ro‘yxat bilan tanishish mumkin.
❗️Shunga asosan, detallashtirilgan turar va noturar joylarga tegishli asosiy MXIKlar hamda avval foydalanishda bo‘lgan 09801001005000000 (atributlari bilan) va 09801001999000000 MXIKlar katalogdan o‘chirilishini maʼlum qilamiz.