Hududiy
organlar

Bank vakillari bilan P2P o‘tkazmalari uchun hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish masalalari muhokama qilindi
13/04/2023 Uchrashuvlar
Bank vakillari bilan P2P o‘tkazmalari uchun hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish masalalari muhokama qilindi

2023-yil 1-maydan jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiya olinishidan qat’i nazar, elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishlari va taqdim etishlari belgilangan. 

Bugun Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov va Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jaxongir Abdiyev ishtirokida bank sohasi va to‘lov tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tijorat banklari va soliq organlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari ham ishtirok etdi. 

Uchrashuv axborot almashinuvini tartibga solish va texnik integratsiyani soddalashtirish maqsadida tashkil etildi. Elektron hujjatlarni shakllantirish va jo‘natish bo‘yicha texnik yechimlar hamda to‘lov tizimlarida o‘zaro hamkorlikning boshqa usullari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.  

Jismoniy shaxsdan jismoniy shaxsga pul mablag'lari o'tkazilganda soliq munosabatlari yuzaga kelmasligi va jismoniy shaxslarda soliq to'lash majburiyatlari paydo bo'lishidan xavotirlanish asossiz ekanligi ta'kidlandi.

Bank sohasi vakillarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi va kelgusida uchraydigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. 

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil II chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring