O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan o'tkazilgan tanlov "Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud" (tuman va shahar hokimlari) hamda "Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim" (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yo‘nalishlarida tashkil etildi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovda Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.