Joriy yilning 2–5-dekabr kunlari MDH davlatlarining soliq yoʻnalishidagi talabalari oʻrtasida “Taxin Tashkent 2024” xalqaro tanlovi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tanlovda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston va Tojikistonning yetakchi universitetlaridan jami 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Jamoalar soliq toʻlovchi va soliq organi pozitsiyalarini namoyish etish, soliqqa oid murakkab masalalarini hal qilish kabi nechta bosqichlarda bilimlarini sinab koʻrdilar.
Tanlov natijalariga koʻra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti jamoalari 3-oʻrinni, Qozogʻiston Milliy universiteti jamoasi 2-oʻrinni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek, tanlov doirasida MDH davlatlari soliq idoralari vakillari oʻrtasida “Davra suhbati” ham boʻlib oʻtdi. Unda soliq siyosati, qoʻshma tashabbuslar va soliqqa tortish sohasidagi hamkorlikning istiqbollari boʻyicha dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro tadbir yurtimizda ikkinchi marotaba oʻtkazilmoqda.