27/04/2023
Davra yig'ilishlari
Transchegaraviy savdoni raqamlashtirish va soliq ma'murchiligida soliq to‘lovchilar manfaatiga yo'naltirilgan yondashuvning o'rni ekspertlar diqqat markazida
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi “Soliq ekotizimi: insonlar va texnologiyalar” xalqaro forumida ishtirok etmoqda.
Unda Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi hamda Afrika qit’asi mamlakatlari soliq idoralari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy va professional hamjamiyat vakillari tomonidan raqamlashtirish istiqbollari va tashqi iqtisodiy faoliyatni soliqqa tortish masalalari muhokama qilinmoqda.
Forum soliq maʼmurchiligi transformatsiyasi sohasidagi innovatsiyalar va ilgʻor tajribalarni almashish maqsadida tashkil etilgan.
Ikki kunlik muhokama, sessiya va seminarlar quyidagilarni qamrab oladi:
- xalqaro elektron hujjat aylanishini rivojlantirish traektoriyalari, transchegaraviy savdoni raqamlashtirish to‘siqlari va istiqbollari;
- fuqarolar, biznes va ekspert hamjamiyatlarining soliq xizmatiga ishonch darajasini oshirishning muhim vositalari;
- kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy HR-kompetensiyalarini joriy etish.