Markaziy apparat
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Davlat xizmatlari
Respublikada davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, shu bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari koʻrsatish koʻlamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bu borada barcha uchun teng sharoitlarni yaratish orqali inklyuziv muhitni shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-113-son Farmoniga muvofiq, Soliq xizmati organlari tomonidan Davlat xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat xizmatlari – fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan rasmiy xizmatlar majmuasidir. Ushbu xizmatlar orqali jismoniy va yuridik shaxslar oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari, shuningdek, turli davlat xizmatlaridan onlayn va oflayn tarzda foydalanishlari mumkin.
Davlat xizmatlarining asosiy turlari:
Huquqiy xizmatlar: shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish (pasport, ID-karta, tugʻilganlik haqida guvohnoma va boshqalar);
Soliq xizmatlari: soliqlarni hisoblash va toʻlash, qarzdorlikni tekshirish;
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar: mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, kadastr hujjatlarini olish;
Ijtimoiy xizmatlar: pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish, ijtimoiy himoya choralari;
Tadbirkorlikka oid xizmatlar: litsenziya va ruxsatnomalar olish, biznesni roʻyxatdan oʻtkazish;
Transport xizmatlari: haydovchilik guvohnomalarini olish va yangilash, transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish usullari:
Onlayn platformalar orqali:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
Davlat idoralarining rasmiy veb-saytlari va mobil ilovalari.
Anʼanaviy (oflayn) usulda:
Davlat xizmatlari markazlari orqali (DXM);
Mahalliy hokimliklar va tegishli idoralar.
Davlat xizmatlarining afzalliklari:
Vaqtni tejash va shaffoflikni taʼminlash;
Byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish;
Xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyati;
Yagona maʼlumotlar bazasi orqali tezkor tekshiruv va amalga oshirish.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni jadal davom etmoqda, bu esa fuqarolarga qulaylik yaratish va davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, Soliq qoʻmitasining “Elektron soliq xizmatlari” (my3.soliq.uz) hamda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali (my.gov.uz) dan foydalanish mumkin.
Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!