Ma'lumotlarni yangi serverlarga ko‘chirish munosabati bilan joriy yil 21-avgust soat 21:00 dan 23-avgust soat 08:00 gacha ayrim elektron soliq xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shuni inobatga olgan holda, soliq organlariga topshirilishi lozim bo‘lgan soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish choralarini ko‘rish tavsiya qilinadi.