Realizatsiya qilingan tovar (xizmat)lar uchun beriladigan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida:
- “Bo‘lib to‘lash (kredit)”
- “Bo‘nak (avans)”
- vositachi orqali tovar va xizmatlar sotilishida komitent STIRini ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.
Shuningdek, soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti (my.soliq.uz)da onlayn NKM va virtual kassa chek (kredit, avans va komitent STIR) ma’lumotlarini soliq hisobotlarida to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Tovar va xizmatlarni “Bo‘lib to‘lash(kredit shartnomalari)” va “Bo‘nak (avans)” hamda vositachilik shaklida realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari, shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi texnik xizmat ko‘rsatish markaziga (TXKM) murojaat qilgan holda, onlayn-NKM va virtual kassa apparati dasturiy ta‘minotini yangilashi zarur.
Eslatib o'tamiz, onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiyalash kodi, mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) shtrix kodi va boshqa tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilishi belgilangan (VMQ-943).