Buxoro soliq kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 13 martdagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 87-son qarorining bajarish yuzasidan hamda Davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 maydagi «Buxoro va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining soliq kollejlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 178-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
O‘quvchilarni soha bo‘yicha puxta, tabaqalashtirilgan holda
o‘qitish, ularning intellektual kamol topishi, ularning qobiliyatlari va
kasblarga moyilligiga muvofiq ravishda tanlagan mutaxassisliklarni egallashini
ta’minlash kollejning maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar kollejning vazifalari hisoblanadi:
1) o‘quvchilarning sifatli kasb-hunar ta’limidan foydalanishini
ta’minlash;
2) shaxsning izchil intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy
kamol topishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
3) yoshlarni milliy g‘oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega bo‘lgan ma’naviy boy va
har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish;
4) o‘quvchilarning ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom
ettirishi yoki tanlagan kasb va ixtisoslikka muvofiq mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanishi uchun ularning yuqori darajada sifatli bilimlar olishini va
kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan tarmoq ta’lim standartlari doirasida
kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
5) iqtisodiyot tarmoqlarini, ma’muriy-ijtimoiy sohani zarur
yo‘nalishdagi kasb-hunar ta’limiga ega bo‘lgan, Davlat soliq xizmati
organlariga mos, o‘z kasbiga sodiq, kadrlar bilan eng yuqori darajada ta’minlash.
To‘liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro soliq kolleji
Qisqacha nomi: BSK;
Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar:
Адрес: | Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko'chasi, 20 uy |
Телефон: | (8 365) 222-61-73 |
Факс: | (8 365) 222-61-73 |
Веб-сайт: | www.bxsk.uz |
E-mail: | www.buxsoliq@inbox.uz, buxsoliq_kol@exat.uz |
Direktor Izzatov Shuxrat Shomurodovich |
Har kuni 09. 00 dan 11. 00 gacha |