Tanlov o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2021-yildagi “Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 483-sonli qarori.
Tanlov predmetining chegaraviy qiymati: 150 000 000 so‘m, QQS bilan.
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 90 kalendar kun.
Buyurtmachining manzili: 100011 Toshkent, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-a uy, org@soliq.uz.
Loyihani moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Eng yaxshi taklifni tanlash uchun xarid hujjatlarini www.etender.uzex.uz davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalidan yuklab olish mumkin.
Lot to‘g‘risidagi (№20003) ma’lumotlarni https://etender.uzex.uz/lot-/20003 havolasi orqali olishingiz mumkin.
Ishtirokchilar tomonidan takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2022-yil 8-fevral, soat 17:48 gacha.