Mamlakat: Oʻzbekiston Respublikasi
Loyiha nomi: Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish
Kredit nomi: IDA 6912-UZ
Topshiriq nomi: “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish loyihasi”ning 2022-2026 moliyaviy yillar uchun moliyaviy hisoboti Auditi.
Kredit raqami: STC/LCS/2024/01
Oʻzbekiston Respublikasi Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi xarajatlariga mablagʻ ajratildi va ulardan bir qismi konsalting xizmatlariga yoʻnaltirilmoqda.
Konsalting xizmatlari Loyihaning moliyaviy hisobotlari (xarajatlar xisoboti) boʻyicha
2022-yil 1-iyuldan 2026-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrlar uchun xulosa bildirish imkonini beradigan auditni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tegishli konsalting firmalarni (Konsultantlar) xizmatlar koʻrsatishga qiziqish bildirish uchun taklif qiladi. Konsalting firmalar xizmatlarni bajarish uchun tegishli malaka va tajribaga ega ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etishlari kerak.
Qisqa roʻyxatga kirish uchun mezonlar:
1. Audit boʻyicha konsalting firmaning umumiy tajribasi, kamida 5 yil.
2. Xalqaro moliya instituti tomonidan moliyalashtirilgan loyiha moliyaviy hisobotining auditi boʻyicha oxirgi uch yil davomida tuzilgan shartnomalar, kamida 3 ta shartnoma.
3. Audit boʻyicha konsalting firmada 3 ta sertifikatlangan doimiy auditorlarning mavjudligi.
Qiziqish bildirgan konsalting firmalar eʼtiborini Jahon banki koʻrsatmalarining
1.19-bandiga qaratadi: Jahon banki qarz oluvchilari tomonidan 2011 yil yanvardagi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlari va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditlari va grantlari boʻyicha konsultantlarni tanlash va yollash (2014 yil iyul oyida qayta koʻrib chiqilgan) ("Konsultantlar uchun koʻllanma"), bunda Jahon bankining manfaatlar toʻqnashuvi siyosatini belgilab beradi.
Audit boʻyicha konsalting firma, Konsultant yoʻriqnomasiga koʻra yeng kam narxni tanlash usuliga muvofiq tanlanadi.
Qoʻshimcha maʼlumotni quyidagi manzil boʻyicha ish kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (maxalliy vaqt bilan) olishingiz mumkin.
Qiziqish bildirgan konsalting firmalar oʻz maʼlumotlarini yozma shakilda kuyidagi manzilga (shaxsan yoki pochta orqali) 2024-yil 3-maygacha yetkazishlari kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi soliq qoʻmitasi
Manzil: Toshkent shahri, Muqumiy koʻchasi 166, 4-qavat, 420-xona.
Kimni nomiga: Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayevga
Tel: +99871 202-32-32 (ichki: 480 yoki 482)
Tel: +99890 9085830
Elektron manzil: piu.2022stc@gmail.com
“Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish loyihasi”ni a,alga oshirish guruhi