Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 04 avgustdagi 363-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat soliq qo‘mitasi xodimlariga xizmat turar joylari ajratishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Nizom bo‘yicha qo‘mita xodimlari tomonidan kelib tushgan murojaatlari o‘rganib chiqilganligi va markaziy apparatida mehnat qilib kelayotgan xodimlar uy-joyga muhtoj bo‘lganligi, bu o‘z navbatida xodimlarning turmush sharoitini yaxshilash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasining “Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan xizmat xonadonini xarid qilinishi belgilab olindi.
Izoh: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani hududida joylashgan uy joylar bo‘lishi, umumiy maydoni 80 kv.m bo‘lishi, kamida 3 xonadan,
yangi evro xolatda ta’mirlangan, har bir xonada mebelь jihozlari mavjud bo‘lishi, oshxona, dam olish xonalari, xojatxona va xamomlar aloxida joylashgan, xonadonning pol qismlari tarketdan iborat bo‘lishi sharti qo‘yiladi.
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi 13a-uy. Elektron pochta manzil: xusniddin.mansurov@soliq.uz
Ma’lumot olish yuzasidan 244-97-20, 244-97-60, 244-97-21 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz!!!
Tijorat takliflari mazkur e’lon joylashtirilgandan so‘ng 10 kun davomida qabul qilinadi.