Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi eng yaxshi taklif uchun tanlov eʼlon qiladi
Tanlov predmeti: server uskunalari (jihozlari)ga texnik kuzatuv boʻyicha texnik xizmat koʻrsatish.
Tanlov predmetining cheklangan (eng yuqori) qiymati 1 700 000 000 soʻmni tashkil etadi.
Yetkazib berish (bajariladigan ishlar) muddati: 365 ish kunidan koʻp emas.
Buyurtmachi: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, keyingi oʻrinlarda (Buyurtmachi).
Buyurtmachi manzili: 100011, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13-a-uy.
Aloqa uchun maʼlumotlar: tel. +998712449716, el. pochta: org@soliq.uz
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarini rivojlantirish fondi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlovda qatnashmoqchi boʻlgan tashkilot va korxonalar quyidagi talablarga javob berishi shart:
- Tanlov predmetiga oʻxshash loyihalarni amalga oshirish va yetkazib berish tajribasiga ega boʻlish.
- Ish (xizmat)ni bajarishga qodir mutaxassislar va mehnat resurslariga ega boʻlish.
- Ish (xizmat)ni bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlish.
- Loyihaga kafolatlangan va kafolat muddatidan keyin xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida sertifikatsiyalangan servis markaziga ega boʻlish.
- Shartnoma tuzish uchun fuqarolik huquq va vakolatlarga ega boʻlish.
- Soliq imtiyozi rejimi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarda maʼlumotlarni ochiqlash va taqdim etish nazarda tutilmagan davlatlar va hududlar (offshor zonalar)da roʻyxatdan oʻtmagan va (yoki) bank hisob raqami ochmagan boʻlishi lozim.
Qatnashchilarning dastlabki malakaviy tanloviga quyidagi tashkilotlar qoʻyilmaydi:
- malakaviy tanlov uchun zarur hujjatlar toʻplamini belgilangan muddatda taqdim etmagan;
- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan;
- Buyurtmachi bilan sud ishi yoki arbitraj kelishmovchilik holatida boʻlgan;
- vijdonsiz ijrochilar Yagona reestrida boʻlgan;
- Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari bilan avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajarilmagan majburiyati boʻlgan;
- muassisi bir va (yoki) ayni yuridik va jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilar;
- soliq va yigʻimlar toʻlovi boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi bor ishtirokchilar;
- soliq imtiyozi rejimi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarda maʼlumotlarni ochiqlash va taqdim etish nazarda tutilmagan davlatlar va hududlar (offshor zonalar)da roʻyxatdan oʻtgan va (yoki) bank hisob raqami ochgan.
Tanlovda qatnashish uchun:
- Davlat xaridlari maxsus maʼlumotlar portali www.etender.uzex.uz (keyingi oʻrinlarda Portal) da roʻyxatdan oʻtish;
- Davlat xaridlari maxsus maʼlumotlar portali hisob raqamiga oʻz taklifining taʼminoti sifatida tanlov predmeti (lot)ning eʼlon qilingan boshlangʻich qiymatining 1 foizi miqdorida, shuningdek, Portalda roʻyxatdan oʻtganlik uchun komissiya yigʻimi sifatida oʻz taklifning 0,15 foizi miqdorida pul mablagʻini oʻtkazish;
- www.etender.uzex.uz/lot/297667 maxsus maʼlumotlar portalida joylashtirilgan xarid hujjatlarining elektron nusxalarini tanlovda qatnashishning shart va qoidalari bilan tanishish uchun yuklab olish;
- oʻz takliflarini elektron shaklda xarid hujjatlari talabi asosida berishi kerak.
Takliflarni taqdim etishning soʻnggi muddati ushbu eʼlon www.etender.uzex.uz/lot/297667 maxsus maʼlumotlar portalida joylashtirilganidan boshlab 2023-yil 19-sentyabr soat 16 dan 52 daqiqa oʻtgunga qadar boʻlgan vaqtni tashkil etadi.
Qatnashchilarning takliflarini koʻrib chiqish muddati 10 ish kunidan oshishi mumkin emas.
"Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi" DUK