Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 22-avgust
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksining 273-moddasi 1-va 2-qismlari);
- agar iyul oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari);
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).