Elektron hisobvaraq-fakturalarda soliq toʻlovchilar mahsulotlarining identifikatsiya kodini (MXIK) va oʻlchov birligini koʻrsatishlari kerak.
Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, qurilish sohasidagi tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi boʻyicha elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) shakllantirishda MXIK va oʻlchov, miqdor birliklarining notoʻgʻri koʻrsatilishi tufayli mazkur yoʻnalishdagi mahsulotlarning bozordagi haqiyqiy narxini aniqlashda turli noaniqliklarni keltirib chiqarmoqda.
Masalan, bugungi kunda qurilish sohasida koʻp ishlatilayotgan, turli xildagi zamonaviy dekoratsiyalar yasashda keng qoʻllanilayotgan PVX panellari va boshqalar (boshqa joyda kiritilmagan plastmassadan tayyorlangan buyumlar) MXIK 03926001020000000 da 8 ta oʻlchov birligidan foydalanish mumkin.
▫️kilogramm
▫️millimetr
▫️santimetr
▫️metr
▫️kvadrat metr
▫️pogonometr
▫️dona
▫️juft
Mazkur mahsulot turini realizatsiya qilgan soliq toʻlovchi oʻlchov birligini donada koʻrsatib, 1 donasi uchun 12,1 mlrd soʻmlik EHF rasmiylashtirgan.
Boshqa tadbirkorlik subyekti esa aynan shu mahsulot uchun oʻlchov birligi sifatida kilogram (kg)dan foydalanib, 304 kg tovarni 34 million soʻmga sotganligi boʻyicha EHF rasmiylashtirgan.
Natijada mazkur tadbirkorlik subyektlariga soliq organlari tomonidan savollar va tekshirishlar tayinlanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, ma'lum o'lchov birliklari biriktirilayotgan qurilish materiallari ro'yxati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” bilan integratsiya qilinayotganligi munosabati bilan to'ldirilmoqda.
Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab EHFlar faqat qurilish materiallari MXIKiga biriktirilgan qatiy o'lchov birliklari asosida rasmiylashtirilishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma'muriyatchiligi boshqarmasi