Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Har bir mezonga alohida masʼul xodim biriktirilgan. Ular oʻzlariga biriktirilgan mezonlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga tavsiya va tushuntirishlar berib bormoqda.
1-30 aprel kunlari reyting toifalarida tadbirkorlar sonining ortishi:
Oʻz navbatida C toifadan 3 109 ta (108 683 tadan 105 574 taga), D toifadan 27 578 ta (270 097 tadan 242 519 taga) kamaygan.
Eng yuqori oʻsish quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 4 185 ta (42 297 tadan 49 482 taga);
Qashqadaryo viloyati – 2 936 ta (12 672 tadan 15 608 taga);
Samarqand viloyati – 2 904 ta (16 779 tadan 19 683 taga);
Fargʻona viloyati – 2 765 ta (15 050 tadan 17 815 taga);
Toshkent viloyati – 2 553 ta (18 229 tadan 20 782 taga);
Buxoro viloyati – 2 165 ta (10 194 tadan 12 359 taga).
Barqarorlik reytingi boʻyicha batafsil tushuntirishlarni Soliq xizmati xabarlari telegram kanalida #barqarorlik_reytingi xeshtegi bilan qidiring.
Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash boshqarmasi