Hozirgi kunda 47 784 ta soliq to‘lovchi rahbari bir vaqtning o‘zida 113 855 ta subyektga rasman rahbarlik qilib kelmoqda.
Biroq, shunday shaxslar borki, turli korxonalarning rahbari bo‘lib ishlagani holda o‘z boshqaruvidagi korxonalarning soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan.
Xususan, fuqaro S.N. rahbar bo‘lgan 67 ta korxonaning budjetga to‘lanmagan 33,1 mln.so‘m soliq qarzi (bitta korxonada o‘rtacha 495 ming so‘m) mavjud.
Bugungi kunda bir shaxs bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq korxonaga rahbarlik qilayotgan korxonalarning budjet oldidagi qarzdorligi jami qarzdorlikka nisbatan 34 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 302 ta shaxs rahbarlik qilayotgan 5 066 ta subyekt soliq hisobotini kechikib topshirganligi sababli ular tomonidan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida hisoblanmasligiga sabab bo‘lgan.