Soliq to‘lovchilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi.
O‘z navbatida, ushbu soliqni 2022-yilning I choragi uchun to‘lovlari ham yillik summaning 1/4 qismi miqdorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etiladi.
2022-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalari haqidagi to‘liq ma'lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining soliq.uz saytiga joylashtirildi - https://soliq.uz/regulations/land-property-tax?lang=latn.
👉2022-yilda yer solig‘i haqidagi to‘liq ma'lumotlar bu yerda