Bugun mamlakatimizda halol biznes uchun keng imkoniyatlar taqdim etilayotgan bo‘lsada, ammo ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan sunʼiy ravishda umidsiz soliq qarzdorligini yuzaga keltirish holatlari kuzatilmoqda.
Bu jarayonlarda asosan korxona taʼsischi va rahbarlari faol ishtirok etmoqda.
Xususan, so‘nggi 3 yilda 4 ming nafar taʼsischi va korxona rahbari tomonidan soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash maqsadida 3,5 mingta xo‘jalik subyekti tashkil etilgan.
Natijada ushbu korxonalarning byudjet oldida 6,7 trln so‘m umidsiz soliq qarzdorligi hosil qilingan holda bankrotlik asosida tugatilgan.
Bugungi kunda bankrotlik asosida tugatilgan korxonalar taʼsischilari tomonidan yangidan korxonalar tashkil etilishi davom etmoqda.
Shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida Davlat soliq organlari tomonidan mazkur subyektlar faoliyati qat’iy nazoratga olinib, tegishli tartibda nazorat tadbirlari amalga oshirilib boriladi.