Markaziy apparat
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"da belgilangan 6 ta mezonga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mezonlarlardagi o‘zgarish va qo‘shimchalar
2-mezon – EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan:
▫️20 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
▫️15-20 foizgacha yuqori bo‘lsa – 8 ball;
▫️10-15 foizgacha yuqori bo‘lsa – 6 ball;
▫️5-10 foizgacha yuqori bo‘lsa – 4 ball;
▫️o‘rtachaga teng yoki 5 foizgacha yuqori bo‘lsa – 2 ball beriladi.
3-mezon – Tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan obyektlar uchun ballar berishda oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk ham hisobga olinadi.
4-mezon – Bir nafar xodimga hisoblangan ish haqi summasi miqdori MHTEKMdan kelib chiqib ball beriladi:
▫️Toshkent shahar uchun –
-3 barobardan 4 barobargacha – 5 ball;
-4 barobardan yuqori bo‘lsa – 10 ball.
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun –
-2 barobardan 3 barobargacha – 5 ball;
-3 barobardan yuqori bo‘lsa – 10 ball.
Eʼtibor bering: o‘tgan oyga nisbatan ishchi xodimlar soni 10 %dan ko‘p kamaygan hollarda ball berilmaydi.
8-mezon –
▫️Kalendar sanada rasmiylashtirilgan EHF bilan birga eksportni tasdiqlovchi hujjatlar, onlayn-NKT va elektron cheklar summasining ular bo‘yicha jami tovar aylanmasidagi ulushi (foizi) hisobga olingan holda ball beriladi.
Eʼtibor bering: “Soliq hamkor” tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarlik fakti bo‘yicha murojaat kelib tushgan taqdirda ball berilmaydi.
▫️Naqd va terminal orqali amalga oshirilgan savdo tushumi bilan Onlayn-NKTga kirim qilingan savdo tushumida tafovut aniqlanganda – 5 ball chegiriladi.
9-mezon – EHF orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi ko‘rsatkichini hisoblashda 1-yanvar (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — ro‘yxatdan o‘tgan davr) va 31-dekabr sanasidagi tovar yoki xomashyo qoldig‘ining oylarga teng ulushlardagi summasi inobatga olinadi.
10-mezon – Soliq organlari tekshiruvdan oldingi tahlil (avtokameral) natijasida aniqlagan kamchiliklar bartaraf etilgan bo‘lsa, 10 ball beriladi.
Sohalar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar ro‘yxatdan o‘tish joyiga qarab hisoblanadi:
▫️QQS va foyda solig‘i to‘lovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar kesimida;
▫️AOS to‘lovchilar tuman (shahar)lar kesimida.
Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash boshqarmasi
Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!