Soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) shakllantirishda qaysi MXIK, o‘lchov birliklari va tovarlar miqdori koʻrsatilganligini muntazam ravishda tahlil qilib bormoqda.
Misol uchun, bugungi kunda Shagʻal (shu jumladan maydalangan tosh-qum aralashmasi) MXIK 02517001004000000 da 6 ta oʻlchov birligi (kilogramm, sentner, tonna, ming tonna, million tonna, kub metr)dan foydalanish mumkin.
Tahlillar shuni koʻrsatdiki, EHF rasmiylashtirishda bir tashkilot oʻlchov birligi sifatida kub metrdan foydalangan va 1 kub metr shag‘alni 5,6 milliard soʻmga realizatsiya qilgan.
Yana bir tashkilot oʻlchov birligida tonnadan foydalanib, 28 ming tonna shagʻalni qariyb 1 milliard soʻmga (1 tonnasini = 36 ming soʻmdan) realizatsiya qilgan.
Avval xabar qilingan, o‘lchov birliklari yoki tovarlar miqdori noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi sababli:
Shundan kelib chiqib, tahlillar natijasida EHFda eng koʻp qoʻllaniladigan va davlat buyurtmasi asosida qurilayotgan obyektlar qiymatining eng yuqori ulishini tashkil etuvchi qurilish materiallarining MXIK ro‘yxati shakllantirildi.
Joriy yilning 1-oktabridan boshlab EHFni roʻyxatdan oʻtkazishda MXIK maʻlumotlari faqat ularga biriktirilgan o‘lchov birliklari asosida shakllantiriladi.
Roʻyxat bilan bu yerda ham tanishishingiz mumkin
Bu boradagi ishlar davom ettiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma'muriyatchiligi boshqarmasi