Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarga (VM-255-son qarori 12.05.2022-y.,) muvofiq, o‘z tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo operatsiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo‘mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratildi.
Mazkur qarorga asosan, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Marketpleyslarni davlat reyestriga kiritish uchun Ariza bilan Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi.
Arizaga (havola) kuyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Shuningdek arizada marketpleysning call-markazi telefon raqami ko‘rsatiladi.
Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarning yoki tartiblarning buzilishi holatlari, huquqbuzarga nisbatan:
Mazkur jarimalar O‘RQ-758-son Qonuniga muvofiq, 2022-yil 12-iyundan boshlab kuchga kiradi.
Eslatma! Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalarini (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritishi lozim. VMQ-943-son 23.11.2019-yil
Axborot tizimlarini to‘g‘ri integratsiya qilish borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.
Aloqa uchun telefon raqamlar: +998 71 202-32-32 (ichki: 538, 541, 551)