Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. (PF-198 21.11.2023)
Hujjatga koʻra, 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-Farmonga o‘zgartirish kiritilib, 2024-yil 31-dekabrga qadar boʻyalgan mato va boʻyalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan soʻng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
Mazkur imtiyoz boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga qoʻllanilar edi. Endilikda boʻyalgan mato va boʻyalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga qoʻllaniladigan boʻldi.
Izoh! Farmonda nazarda tutilgan qonunchilik meʼyorlari Soliq kodeksiga kiritilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar
Soliq solish metodologiyasi departamenti