Davlat soliq qo‘mitasi 2021-yilda ham “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvatlashni, ular uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishni faol tarzda davom ettiradi.
Davlat soliq qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy veb saytifa “qishloq xo‘jaligiga mo‘ljalanmagan yerlar uchun soliq stavkalari” oynasi joylashtirildi. https://soliq.uz/regulations/land-property-tax
Yangi imkoniyatdan barcha soliq to‘lovchilar foydalanishi mumkin.
Unda yuridik va jismoniy shaxslar uchun respublika miqyosida tuman(shahar)larning mahalla va ko‘chalari kesimida qishloq ho‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlari aks ettirilgan.
Oynada kerakli hudud tanlanganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar)lar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari haqida ma’lumot shakllanadi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-659-sonli Qonuniga muvofiq qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalarining aniq miqdorini belgilash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar)lar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.