Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Central Asia Retail Week” elektron tijorat va chakana savdo xalqaro forumida Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, uni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan sessiya boʻlib oʻtdi.
Muhokamalarda Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirok etib, raqamli markirovkalashni rivojlantirish boʻyicha natijalar va kelgusi rejalar haqida maʼlumot berdi.
Eslatib oʻtamiz, Soliq qoʻmitasi markirovka qilingan alkogol mahsulotlarini muomaladan qisman chiqarish uchun texnik yechim boʻyicha tadbirkorlarning takliflarini koʻrib chiqmoqda. Bozor ishtirokchilarini qayta aloqa tizimi orqali oʻz takliflarini faolroq yuborishga chaqiramiz.