DSQ huzuridagi Fiskal institutda jami 2852 nafar talaba 5 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda.
Shundan:
- Soliqlar va soliqqa tortish – 2036 nafar;
- Buxgalteriya hisobi va audit – 680 nafar;
- Raqamli iqtisodiyot – 90 nafar;
- Ma’lumotlar ilmi – 46 nafar.
2022/2023 o‘quv yilida bir o‘ringa to‘g‘ri kelgan abiturientlar soni 17 nafarni tashkil qildi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturida talabalar “2+2 shaklida” tahsil olishadi va ularga 2 ta diplom beriladi.
Hozirgi kunda institutda 80 dan ziyod malakali professor-o‘qituvchilar faoliyati olib bormoqda, shulardan 41 nafari fan nomzodi (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega. 2021-2022 yilda jami 7 nafar xodim dissertatsiya himoya qilgan, xususan, DSc – 3 nafar, PhD – 4 nafar. Institutda ilmiy salohiyat 51%.
Institutda jami 14 ta ishlanma chop etildi.
Shundan:
- darslik – 2 ta;
- o‘quv qo‘llanma – 9 ta;
- monografiya – 3 ta.
2021-2022 yilllarda institutda jami 4 ta, xususan, 2 ta xalqaro va 2 ta Respublika miqyosidgi ilmiy anjuman o‘tkazildi.
Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar:
- 2156 o‘rinli 2 ta zamonaviy o‘quv bino;
- 930 o‘rinli 2 ta talabalar turar joyi (turar joy bepul);
- 100 o‘rinli yopiq va ochiq sport maydonlari;
- 420 o‘rinli oshxona;
- 15,8 mingdan ziyod adabiyotgan ega 180 o‘rinli axborot resurs markazi;
- 375 o‘rinli faollar zali.
Fiskal institut huzuridagi Farg‘ona, Buxoro va Toshkent soliq texnikumlarda jami 688 nafar o‘quvchilar ta‘lim olmoqda.
Shundan:
- Toshkent soliq texnikumi – 326 nafar ;
- Buxoro soliq texnikumi – 204 nafar;
- Farg‘ona soliq texnikumi – 158 nafar.
DSQ huzuridagi Fiskal institut