Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.
Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.
Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.
Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.